Hozir oftobda ko‘p vaqt turish juda xavfli, ko‘p suyuqlik ichish kerak. Shunga qaramasdan, ayrim noxush voqealarga ham guvoh bo‘lyapmiz. Bunday vaziyatlarda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
1️Jabrlanuvchi soyaga yoki salqin joyga olib o`tiladi.
2️Tepaga qaratib, boshi baland qilib yotqiziladi.
3️Kiyimlari bo`shatiladi
4Tanasi sovuq suvda ishqalanadi, yoki ho`l choyshabga o`raladi.
5Boshi va peshonasiga sovuq kompress qilinadi.
6️Sovuq suv ichkiziladi.
Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor ·
клиника «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 210-••-••
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.