Stomatitni qanday davolash mumkin?

Stomatitni qanday davolash mumkin?
© Ogohlantirish: Saytda keltirilgan ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun taqdim etilgan bo‘lib, amaliy qo‘llanma sifatida ishlatilmasligi kerak. Kasalliklarni aniqlash va davolash faqat malakali shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

Stomatit — bu og’iz bo’shlig’i shilliq epiteliy qavatining yallig’lanishidir. Odatda, stomatit bolalik bilan bog’liq kasallikdir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu kasallik kattalarda ham tobora ko’p kuzatilmoqda.

Yallig’lanish ko’pincha lablarda, yonoqlarda, tanglayning ichki yuzasida uchrashi mumkin. Ba’zida stomatit til ostida ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi sabablari atrof-muhitning salbiy ta’siri va organizmning immun qobiliyatlarining sustlashishidir.

Stomatit nima uchun paydo bo‘ladi?

Infektsiyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar - bularning barchasi shilliq qavatlarda yashaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, ularda biryo‘la og‘iz bo‘shlig‘i ham aziyat chekadi. Doimo og‘ziga narsa soluvchi bolalarda ham ko‘pincha stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barchani qo‘rqitgan Koksaki virusi ham stomatitni keltirib chiqaradi.
Jarohatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz ichki tomonini tishlab olsangiz, qandaydir ichimlik bilan og‘zingizni kuydirib olsangiz.
Allergiya va ovqatlarga sezuvchanlik. Bu individual reaksiya. Kimdir nordon mevalarni yeya olmaydi, kimdir esa ko‘p pista chaqib, kasalga yo‘liqishi mumkin.
Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvchanligini haddan ziyod oshiruvchi har qanday yallig‘lanishlar.
Autoimmun kasalliklar. Shilliq qavat immun tizimini o‘z hujayralarini vayron qilishga majbur qiluvchi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
Dori vositalari. Ba'zi dori vositalari ham stomatitni keltirib chiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolash vositalari, gormonal preparatlar bo‘lishi mumkin.
To‘yib ovqatlanmaslik va stresslar. Rivojlangan mamlakatlarda bunday holatni tasavvur qilish qiyin, biroq agar siz tezpishar lapshalar bilan oziqlansangiz yoki qat'iy parhezga rioya qilsangiz, kam uxlasangiz va ko‘p asabiylashsangiz, stomatit paydo bo‘lishi mumkin.

Stomatit qanday davolanadi?
Gigiena qoidalariga rioya qilmaganlikdan kelib chiqqan kataral stomatit va aftalarsiz holda shilliq pardalarning yallig’lanishini juda oddiy uyda davolash mumkin, davolash bir hafta davom etadi.

Davolanish davomida tezroq tiklanish uchun agressiv oziq-ovqatlardan vaqtincha tiyilishga (nordon, sho’r, haddan ziyod qattiq, juda issiq yoki sovuq oziq-ovqatlar), va og’izni tez-tez zararsizlantirish vositalari bilan chayishga harakat qilish kerak.

Stomatit infektsiya belgilari bilan yanada jiddiyroq bo’lsa, tish shifokoriga murojaat qilish kerak. Davolash surunkali kasallik rivojlanishini oldini olish, og’riqni kamaytirish, shilliq qavatni tiklash va ikkilamchi kasallikning tarqalishi oldini olish bo’yicha choralarni o’z ichiga olishi kerak.

Og’riq qoldiruvchi moddalar

Stomatitni davolashda asosiysi - og‘riqsizlantirish. Buning uchun ibuprofen yoki paratsetamol kerak bo‘ladi - bu eng hamyonbop va keng tarqalgan preparatlar.

Stomatit oziq-ovqat iste’mol qilishga, so’zlashishga to’sqinlik qilayotgan bo’lsa va bemor uchun jiddiy noqulayliklarni yaratadigan bo’lsa, shifokor og’riq qoldiruvchi mahalliy preparatlarni tayinlanlashi mumkin.
 

    Отзывы пациентов о врачах, клиниках и медицинских центрах

    Умарова Мафтуна 20.06.2026
    Юсупова Д. М.
    Ассалому алейкум хурматли доктор менга сизни маслахатингиз керакменда кувим Билан белимда кучли огрик буляпди гникологга онкологов уролога хирурга учрадим хаммаси яхши деяпди хатто стен куйдирдик лекин фойдаси булмаяпди охири вирус бормикин деган фикрга келяпман шунинг учун хатто туберкулёз га текширтирдим Энди Нима килшини билмай колдим ердам Беринг 34га кирдим 3та фарзанди бор хурмат Билан Мафтуна
    Rano Saidova 03.06.2026
    Парсегова А. Р.
    Хочу написать честный отзыв,в первую очередь для того, чтобы люди не тратили свои деньги, нервы и здоровье зря.Не хочу, чтобы кто-то пережил то, что пережила я. Врач Парсегова А.Р. не знает ничего о врачебной этике и нормальном человеческом отношении к людям. Если хотите попасть в психбольницу или повесится, смело идите.Я не знала, что врач, тем более женщина, может так унижать женщин, убивать в них надежду, грубить и высокомерно относится к пациентам. Плюс ко всему после осмотра на кресле и грубом ощупывании и т.д.,придя домой я заметила кровяные выделения. Женщинам старше 30 она выносит вердикт и ставит крест на них как на женщинах и их желании стать матерью. Долго писать не буду. Бог ей судья. Мне даже искренне её жаль. Потому что она несчастный человек, раз в ней столько жестокости и зла.Идите лучше в обычную поликлинику или куда угодно, только не к ней.
    Mohidil 02.06.2026
    Арипова В. Х.
    Assalomu alaykum yoshim 35 beshda o'qituvchiman menda asabiylik issiq havo shovqin kabi sabablarga kora tez tez bosh ogrigi kuzatiladi. Bazan dorilar ham dam olish ham foyda bermaydi. Kopincha 2 kun 3 kunda otib ketadi. Bu migrenmi. Bu holda nima qilsam boladi.
    Dildora 15.05.2026
    Якубов А. Т.
    6 oylik chaqaloq korasizlarmi